16/11/2023

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan Namangan viloyatning Germaniya davlati bilan tashqi savdo aylanmasi 37,1 mln.AQSh dollarini tashkil etib, so'nggi uch yilda 25,8 mln.AQSh dollariga ko'paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 7,0 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 30,1 mln.AQSh dollarini tashkil etgan. Viloyatining tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 3,6 %ga to'g'ri kelmoqda.