16/11/2023

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 trln. 198,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 mlrd so'mga ortgan.

Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi esa 14,8 %ga to'g'ri kelmoqda.