16/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Pop tumanida asosiy kapitalga 594,8 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 78,4 %ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 2 mln. 552,8 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida tumanda 60,8 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.