2023-yil yanvar-sentabr oylarida Norin tumanida asosiy kapitalga 334,0 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 90,1 %ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 1 mln. 922,0 ming so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida tumanda 68,9 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.