21/11/2023

Joriy yilning 20-noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda Xizmatlar sohasi boʻlimi tomonidan 2023-yilning 4-choragida hududlarda Xizmatlar sohasi kuzatuvlarini oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy seminar tashkil etildi.

Seminarda, kuzatuvlarni tashkil etishda mas’ul xodimlarga ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar tushuntirildi. Jumladan, planshet orqali oʻtkaziladigan tanlama kuzatuvlarni qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar va kamchiliklarning yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz toʻldirilishini ta՚minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.