2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati jahonning 75 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan bo'lib, tashqi savdo aylanmasi hajmi 1 mlrd. 120,3 mln. AQSH dollariga yetgan. Bu ko'rsatkich 2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 75,7 mln AQSH dollari yoki 7,2 % ga ko‘paygan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 446,2 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 674,1 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
Savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (30,6 %), Xitoy (22,9 %), Turkiya (7,8 %) va Qozog‘iston (7,8 %) hissasiga to‘g‘ri keladi.