2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 14 trln. 725,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 107,0 % ga yetdi.
Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 894,7 mlrd. so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 13 trln. 830,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 mln. 870,5 ming. so‘mga, o‘sish sur’ati esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ga yetgan.