23/11/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Mingbuloq tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 12,1 mln. AQSH dollariga yetib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 136,1 %ni tashkil etgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 1,8 mln. AQSH dollarini, import hajmi esa 10,3 mln. AQSH dollarini tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 12 ta davlat bilan amalga oshirilgan bo‘lib, yuqori ulushni 39,7 % bilan Rossiya Federatsiyasi egallagan.