23/11/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Mingbuloq tumanida qiymati 725,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 129,3 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmida yirik korxonalar ulushi 61,9 %, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 25,7 %ni, yakka tartibda tadbirkorlar ulushi 5,2 %ni hamda uy xo'jaliklarining ulushi 7,1 %ni tashkil etgan.