23/11/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oyida Namangan viloyatida 2 trln 526,9 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 92,7 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining ulushi 14,9 % ni tashkil etgan.