24/11/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida jami 5974,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 105,8 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi, % da

Yirik qurilish tashkilotlari - 9,0

Norasmiy sektor - 32,8

Kichik korxona va mikrofirmalar - 58,2

✅ Ma'lumot o‘rnida, qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.