24/11/2023

Joriy yilning 24-noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyasining I  va II boblari mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respubli-kasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilinganligini va muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob, 155 ta moddadan iboratligi, Konstitutsiyaning I bobi Davlat suvereniteti haqida bo‘lib, O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatligi takidlandi. Shuningdek, Konstitutsiyaning II bobi Xalq hokimiyatchiligiga bag‘ishlanganligi, ushbu bobi haqida ham ishtirokchilarga tushunchalar berib o‘tildi.

 Bundan tashqari, seminar davomida joriy yilning noyabr oyi davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari to‘g‘risida ham xodimlarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi