24/11/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatining eksportchi korxonalari tomonidan 446,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Eksport hajmi 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga kamaydi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 89,5 % ni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (51,2 %), turli xil tayyor buyumlar (25,6 %) va oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (12,7 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.