24/11/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oyida import hajmi 674,1 mln. AQSH dollarini va 2022- yilning mos davriga nisbatan 118,0 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (31,4 %), sanoat tovarlari (24,5 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (17,2 %) hisobiga toʻgʻri keldi.