2022/2023 o‘quv yili boshiga Namangan viloyatida jami umumta’lim muassasalari soni 742 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 ta ga ko‘paygan. Shundan 384 tasi (51,7 %) qishloq joylarida, 358 tasi (49,3%) shaharlarda joylashgan. Namangan viloyatida umumta’lim muassasalari uch turga bo‘linadi: boshlang‘ich, umumiy o‘rta va boshqalar. 2022/2023 o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarining umumiy sonidan 727 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 9 tasi boshlang‘ich maktablar va 6 tasi boshqa muassasalarga to‘g‘ri kelgan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 527504 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shulardan boshlang‘ich ta’lim muassasalarida 1878 nafar o‘quvchi va boshqa ta’lim muassasalarida 1495 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tahsil olayotgan o‘quvchilarga 38914 nafar malakali o‘qituvchilar ta’lim bermoqdalar.