27/11/2023

2022/2023 o‘quv yilining boshiga Namanagan viloyatida 4 ta akademik litseylar faoliyat yuritmoqda. Kasb-hunar maktablar soni 27 tani, kollejlar soni 18 tani va texnikumlar soni 19 tani tashkil etdi. Akademik litseylarda 2089  nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, ularga 219 nafar malakali o‘qituvchilar tahsil berishmoqda. Shuningdek, 1146 nafar o‘quvchi ta’lim muassasalarini tamomlagan. Ma’lumot o‘rnida, Namangan viloyatida 2022/2023 o‘quv yili boshiga 27 ta kasb-hunar maktablarida 16384  nafar, 18 ta kollejlarda 7736  nafar va 19 ta texnikumlarda 8264  nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.