2023-yil yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatning Turkiya bilan tashqi savdo aylanmasi 86,9 mln.AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,0 mln.AQSH dollariga ko‘paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 31,6 mln.AQSH dollarini, import hajmi esa 55,3 mln.AQSH dollarini tashkil etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Namangan viloyati o‘tgan 10 oyda 75 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo‘lib, savdo aylanmasida Turkiya davlatining ulushi 7,8 % ga to‘g‘ri kelgan.