27/11/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida 948,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 111,3 %ni tashkil etgan. Viloyatdagi ulushi 6,6 %ga to‘g‘ri kelmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha savdoda 350,8 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 173,4 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 98,4 mlrd. so‘m, aloqa va axborotlashtirish 52,7 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 21,0 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish 9,1 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash 42,7 mlrd. so‘m, va boshqa sohalada 200,7 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.