2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida sanoat sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3 mln. 124,0 ming so'mga to'g'ri kelib, o'sish sur'ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 109,4 %ni tashkil etgan.
Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (7 263,4 ming so‘m) da kuzatildi.