27/11/2023

2022-yilning 1-dekabr holatiga Namanagn viloyatida 6 ta oliy ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. 2022/2023 O‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotlarida 52 319 nafar talaba tahsil olayotgan bo‘lib, ulardan 25 339  nafarini qizlar tashkil etadi. Jumladan ta’lim turlari bo‘yicha kunduzgi ta’limda 28 045, sirtqi ta’limda 20 901, kechki ta’limda 3 373 talabalar tahsil olmoqda, ulardan  qizlar kunduzgi ta’limda 13 413, sirtqi ta’limda 9 890, kechki ta’limda 2 036 nafar talabalar tahsil olmoqda. Talabalarning 4 973 nafari ya’ni  9,5 % davlat grantlari asosida, 47 346 nafari to‘lov-shartnoma asosida tahsil olmoqda  91,5 %. Shuningdek, 50 814 nafar talaba bakalavriat yo‘nalishida, 1 505 nafari magistratura yo‘nalishida tahsil olmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida jami 2 089 nafar o‘qituvchilar, shulardan 60  nafar fan doktorlari, 170 nafar fan nozodlari, 388 nafar falsafa doktorlari, 45 nafar professorlar va 195 nafar dotsentlar talabalarga ta’lim berib kelmoqda. 2021 yilda 4 500 nafar talaba  bakalavr bosqichini bitirgan, shundan 2 321 nafari qizlar,  jami bitirgan talabalarning  959 nafari davlat grantlari asosida ta’lim olgan.