27/11/2023

2019-2023- yillarning yanvar-sentabr oylari davomida jami 21 958 ta kichik korxona va mikrofirma yangidan tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p yangi subyektlar savdo sohasida – 8 558 (yoki 39,0 %) ta, sanoat sohasida – 5 536 (yoki 25,2 %) ta, xizmatlar sohasida – 3 974 (yoki 18,1 %) ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 2 498 (yoki 11,4 %) ta va qurilish sohasida – 1 392 ( yoki 6,3 %) tani tashkil etgan.