2023-yil 1-yanvar holatiga Namanagn viloyatida sog‘liqni saqlash muassasalari soni 550 tani tashkil qilgan. Shundan, shifoxona muassasalari soni 114 tani, ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 436 tani tashkil etadi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar shaklidagi shifoxona muassasalari soni 78 tani tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 4 taga ko‘paygan. Kichik korxona va mikrofirmalarining ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 232 tani tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 52 taga ortgan.
Shifoxona muassasalaridagi o‘rinlar soni 14 095 tani tashkil etib, shundan kichik korxonalar va mikrofirma shaklidagi shifoxona muassasalarida o‘rinlar soni 4 331 tani tashkil etdi, mazkur shifoxona muassasalarida davolangan bemorlar soni 706 064 ta kishini tashkil etib, ulardan kichik korxona va mikrofirmalaridagi o‘rinlar yo‘nalishlari bo‘yicha davolangan bemorlar soni 153 335 ta kishini tashkil etdi.
Jami mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar soni 6 030 tani tashkil etib, shundan ayollar 2 454 tani tashkil etadi, o‘rta tibbiyot xodimlari soni 30 370 ta kishini, ulardan ayollar 26 800 ta. Kichik korxonalar va mikrofirmalaridagi shifokorlar soni 930 tani tashkil etib, ulardan ayollar 335 ta, o‘rta tibbiyot xodimlari soni 1 267 tani, ulardan ayollar 1 027 tani tashkil etdi.