28/11/2023

2023- yilning 1-yanvar holatiga Namangan viloyatida sayyohlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan firma va tashkilotlar soni 3 tani tashkil etib, ularning barchasi Namangan shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Namangan viloyatida Mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari obyektlari soni – 22 ta, ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari obyektlari soni - 26 ta, individual joylashtirish vositalari obyektlari soni - 1 ta, shuningdek 1 ta boshqa joylashtirish vositalari mavjud. Shuningdek, jami 22 ta mehmonxona obyektlari mavjud bo‘lib, ulardan: 8 tasi 1 yulduzli, 2 tasi 2 yulduzli, 10 tasi toifaga ega emas.

Namangan viloyatida Mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalarida 733 nomer, 1 637 joylar mavjud. Ularda joylashtirilgan shaxslar 107 248  nafarni tashkil etdi. Joylashtirilgan shaxslarning 91 661 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 15 587 nafari esa xorijiy davlat fuqarolari tashkil etadi. Tunab qolishlar soni esa 656 913   birlikni tashkil etdi. Namangan viloyatida ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalarida 962 nomer, 2 829 joylar mavjud. Ularda joylashtirilgan shaxslar 46 059 nafarni tashkil etdi. Joylashtirilgan shaxslarning 43 287 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 2 763   nafari esa xorijiy davlat fuqarolari tashkil etadi. Tunab qolishlar soni esa 473 437  birlikni tashkil etdi.