Respondentlar tomonidan hisobot taqdim etilishida qulayliklar yaratish, hisobot ma'lumotlarini eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish va elektron taqdim etishda yuzaga keladigan savollarga javob berish, shuningdek tushunmovchiliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish hamda ta'lim va mehnat statistikasiga oid statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olinishini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 20-noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida hisobot taqdim etuvchilar uchun "Statistikada korrupsiyaga o‘rin yo‘q!" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Namangan viloyat statistika boshqarmasining Ijtimoiy soha bo'limi boshliqlari va xodimlari, Statistika hisobotlarini taqdim etuvchi o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda mutaxasisslar tomonidan 1 – o‘rta ta’lim shakli (yillik), 1-mehnat shakli (yillik) hamda 4-mehnat shakli (choraklik) Statistika hisobotlarini muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish hamda “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” ushbu illatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan samarali ishlar olib borilayotganligi, tizimda korrupsiyaviy holatlar haqida o‘z vaqtida xabar berganlik uchun tashabbuskor shaxslarni rag‘batlantirish talablari va tartiblari to‘g‘risida to‘liq tushunchalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda ushbu sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari va boshqa ichki idoraviy hujjatlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tdilar. Namangan viloyati statistika boshqarmasi va tuman-shahar statistika bo‘limlarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ma’muriy bino va xizmat xonalarini tegishli plakat, banner va fla’erlar bilan doimiy ravishda to‘liq jihozlanganligi va ularni yangilab borilayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. Bundan ko'zlagan asosiy maqsad shuki, respondentlar tomonidan taqdim etiladigan statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olishda turili korrupsion xolatlarini oldini olishni ta'minlashdir.
Muloqot davomida ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tominidan batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati