29/11/2023

2023-yilning 1-noyabr holatiga Namangan viloyatida xizmat koʼrsatuvchi korxonalar soni 19 218 tani tashkil etib, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida koʼrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 14 trln 403,2 mlrd soʼmni tashkil etdi va oʼsish surati 2022-yilning mos davriga nisbatan 110,1 foizni koʼrsatmoqda.
Shu bilan birga bozor xizmatlarining eng katta hajmlari uchta soha hissasiga toʼgʼri kelmoqda: Yaʼni, savdo xizmatlari 4 trln 495,1 mlrd, moliyaviy xizmatlar 2 trln 464,8 mlrd, transport xizmatlari 2 trln 657,7 mlrd soʼmni tashkil etadi.
Hududlar kesimida eng koʼp koʼrsatilgan bozor xizmatlari Namangan shahrida 5 trln. 647,6 mlrd. soʼmni yoki viloyat boʼyicha koʼrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmini 39,2 % ini tashkil etmoqda.