29/11/2023

2023-yilning 1-oktabr holatiga Namangan viloyatida qurilish sohasida 1646 ta kichik korxona va mikrofirmalar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4 trln. 888,3 mlrd. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 90,8 % ini tashkil etdi. O‘sish sur‘ati 2022- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 108,8 % ga yetgan. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Namangan shahrida 1 349,4 mlrd. so‘m, Uychi tumanida 541,8 mlrd. so‘m hamda Chortoq tumanida 386,1 mlrd. so‘m qayd etildi.