30/11/2023

2023-yilning 28–30-noyabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy komisssiyasi (ESKATO) hamda BMTning Statistika departamenti tomonidan statistik va keng ko‘lamdagi maʼlumotlarning integratsiyasiga bagʻishlangan seminar o‘tkazildi.

1-photo_2023-11-29_09-46-07

Mazkur xalqaro seminarda ESKATOga a’zo davlatlarning milliy statistika idoralari rahbarlari, BMTning Statistika departamenti vakillari hamda boshqa xorijlik ekspertlar ishtirok etdi.

2-photo_2023-11-30_08-07-31

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich ham qatnashdi.

3-photo_2023-11-29_21-25-26

Seminarda statistik va keng ko‘lamdagi maʼlumotlarning integratsiyasi, maʼlumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatishning yangicha metodlar haqida fikr-mulohazalar almashildi.

4-photo_2023-11-30_08-07-39

Shuningdek, statistik maʼlumotlarni boshqarish ehtiyojlari, texnik tadbirlar va uslubiy imkoniyatlar, yangi AKTni milliy statistika tizimiga joriy etish masalalari ham koʻrib chiqildi.

5-photo_2023-11-30_08-04-03

Rasmiy statistika tayyorlovchilar va keng ko‘lamdagi maʼlumotlarni toʻplash va yuritishga masʼul idoralar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish yuzagidan kelishib olindi.

6-photo_2023-11-30_08-07-32