30/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabrida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,9 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 38,4 %), sanoatda – 107,0 % (15,1 %), qurilishda – 105,5 % (7,1 %), xizmatlar sohasida 104,6 % (39,4 %)ni tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 107,4 % (7,7 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 112,1 % (5,5 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 102,2 % (26,2 %) dan iborat bo‘ldi.