2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 3 trln 478,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, viloyat bo‘yicha jami qurilish ishlari hajmining 58,2 % i to‘g‘ri kelgan. O‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 107,9 % ni tashkil etgan.