Joriy yilning yanvar oyi yakuni bilan Namangan viloyatning Germaniya davlati bilan tashqi savdo aylanmasi 2,6 mln.AQSh dollarini tashkil etib, so'nggi uch yilda o'zaro tovar aylanmasi 1,1 mln.AQSh dollariga ko'paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 0,5 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 2,1 mln.AQSh dollarini tashkil etgan. Viloyatining tashqi savdo aylanmasida mazkur davlatning ulushi 2,6 %ga to'g'ri kelmoqda.