Joriy yilning 30-noyabr kuni poytaxtimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha ikkinchi global forum tashkil etildi.
Mazkur forumda jahonning parlamentlararo tashkilotlari va koʻplab davlatlar parlamentlari rahbarlari, parlamentlar doʻstlik guruhlari, xalqaro tashkilotlar, yetuk ekspertlar va mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV vakillari toʻgʻridan-toʻgʻri hamda onlayn tarzda ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari ham faol ishtirok etishdi.
Forum davomida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda qonunchilikni takomillashtirish, parlament nazorati mexanizmlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.