Viloyatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o`z ta`sirini o`tkazadi.
2023- yil yanvar-oktabr oyi yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi hajmi 1 120,3 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 75,7 mln. AQSH. dollariga yoki 7,2 % ga ko'paygan.
Viloyat tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega top:10 davlatlar
Rossiya – 342,7 mln.
Xitoy – 256,6 mln.
Turkiya – 86,9 mln.
Qozogʼiston – 83,1 mln.
Qirgʼiz R. – 41,9 mln.
Germaniya – 40,0 mln.
Belarus R. – 34,7 mln.
Polsha – 27,8 mln
Hindiston – 21,5 mln.
Koreya R. – 21,4 mln. АQSh dollarini tashkil etgan.