01/12/2023

Joriy yilning 1-dekabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyasi ikkinchi bo‘limining mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limi inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari haqidaligi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanishi to‘g‘risida, shuningdek Konstitutsiyada belgilangan shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.  

Bundan tashqari, o‘tkazilgan seminarda inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari hamda fuqarolarning burchlari haqida ham xodimlarga batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

  Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi