2023-yilning 1-noyabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 27 978 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 77,5 foizni tashkil etib va shu bilan birga 74,4 foizini (23 503 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
- Namangan shahri – 8 626 ta
- Chust tumani – 2 350 ta
- Pop tumani – 2 053 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 1 926 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 862 ta
- Namangan tumani – 1 779 ta
- Chortoq tumani – 1 771 ta
- Uychi tumani – 1 705 ta
- Kosonsoy tumani – 1 672 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 488 ta
- Norin tumani – 1 430 ta
- Mingbuloq tumani – 1 316 ta