Namangan viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 219 126 tonna meva va rezevor mahsulotlari yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,3 % ga ko‘paygan. Meva va rezevorlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, meva va rezevorlar ishlab chiqarish umumiy hajmidan 61,1 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.