29/11/2023

2023- yil 29- noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-halokatga yo‘l” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.     

Seminarda korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar, xodimlarning faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik va bu bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda bu illatga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashish kerakligi, shuning uchun har bir davlat idorasiga jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shartligi ta’kidlanib, mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.