06/12/2023

2023-yilning 4-dekabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmini statistik baholash boʻyicha oʻquv amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

1-photo_5436205012549226993_y

Seminarda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklarining maʼsul xodimlari ishtirok etdi.

2-photo_5436205012549227004_y

Mazkur seminarni tashkil qilishdan koʻzlangan maqsad, Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalarni statistika hisobotlarida toʻgʻri aks ettirishdir. 

3-photo_5438586460245708425_y

Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Investitsiyalar va qurilish boshqarmasi boshligʻi Muzaffar Jomolov  soʻzga chiqib, mamlakatimizda oʻzlashtirilayotgan investitsiya hajmlarini 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida  statistika hisobotlarini  oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida tushuntirish berdi.

4-photo_5438586460245708427_y