Namanganda 2023- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 503 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 490 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi tumanlarda qayd etilgan:
- Namangan shahri – 665 ta
- Chust tumani – 109 ta
- Namangan tumani – 105 ta
- Uychi tumani – 102 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 469 ta
- sanoat sohasida – 272 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 242 ta
- qurilish sohasida – 221 ta
- tashish va saqlash sohasida – 97 ta