07/12/2023

Joriy yilning 7-dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan boshqarma xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya haqida tushuncha berilib, bosh Qomusimiz 6 bo‘lim, 27 bob, 155 ta moddadan iboratligi Konstitutsiyaga ko‘ra, O’zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb belgilanganligi, asosiy Qonunimizda inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari, inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari belgilab qo‘yilganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, Konstitutsiyada yoshlar, nogironlar, ayollar huquqlari himoyalanishi kafolatlanganligi, tabdirkorlarning erkin faoliyati va xususiy mulk himoyasi kuchaytirilganligi, sud hokimiyati mustaqilligi kuchaytirilganligi va advokatura tizimi takomillashtirilganligi borasida ham ma’lumotlar berildi.