27/02/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi hajmi 3 056,3 ming so'mni tashkil etib, o'sish sur'ati o'tgan yilning mos davriga nisabatan 114,8 %ga yetdi.

Ta’lim sohasi bo‘yicha shahar va bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Namangan shahri (4189,7 ming so‘m), va To‘raqo‘rg‘on tumani (3574,9 ming so‘m)da kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, viloyatning ba’zi tumanlari ta’lim sohasidagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi viloyat darajasidan past bo‘ldi. Pop tumanida (2450,3 ming so‘m), Chust tumanida (2416,5 ming so‘m), Mingbuloq tumanida (2497,4 ming so‘m), hamda Uchqo‘rg‘on tumanida (2525,5 ming so‘m) qayd etildi.