13/12/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 3 216,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, so'nggi uch yilda 611,9 mlrd. so'mga ko'paygan. Umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi hisobot davrida 19,0 % ni tashkil etdi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmdagi ulushi yuqori bo'lgan hududlar:

🔹 Chortoq - 47,0 %,
🔹 Chust - 39,9 %,
🔹 Uchqo'rg'on - 37,2 %,
🔹 Pop - 26,5 %,
🔹 Namangan t. - 24,6 %ni tashkil etgan.