13/12/2023

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4 888,3 mlrd. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 90,8 % ini tashkil etdi. O‘sish sur‘ati 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 108,8 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Namangan shahri (1 349,4 mlrd. so‘m), Uychi (541,8 mlrd. so‘m), Chortoq (386,1 mlrd. so‘m), Kosonsoy (375,2 mlrd. so‘m), Namangan (369,6 mlrd. so‘m), Uchqo‘rg‘on (351,3 mlrd. so‘m) hamda Chust (290,1 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.