Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 176,0 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,0 % ini tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati 135,4 % ga o‘sishi hisoblanadi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan tabiiy suv, suvni qayta ishlash va suv ta'minoti bo‘yicha xizmatlar 25,4 mlrd. so‘m yoki 32,2 % ga ko‘payganligi kuzatildi. Shuningdek axlat o‘rnalarni, tindirgichlarni va septiklarni bo‘shatish, tozalash va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 9,2 mlrd. so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.