14/12/2023

Namanganda 2023- yilning yanvar–oktabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 692,5 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Oʼtgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 304,3 mln. kVt soatga ko‘paygan. 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida 5 388,2 mln. kVt soatni tashkil etgan.

✅ Viloyat boʼyicha jami ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Toʼraqoʼrgʼon tumani hissasiga toʼgʼri keladi.

✅ Maʼlumot oʼrnida, 2023- yilning yanvar–oktabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 46,0 ming. gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan.