15/12/2023

2023-yilning 13–14-dekabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo va Tinch Okeani uchun Statistika instituti boshqaruv Kengashining oʻn toʻqqizinchi sessiyasi va 14-15-dekabr kunlari Milliy statistika idoralari rahbarlari uchun Menejment seminari bo‘lib o‘tdi.

1_photo_2023-12-15_09-37-13

Ushbu tadbirlar Osiyo Tinch Okeani Ijtimoiy-iqtisodiy komissiyasi  (OTOIIK) Statistika boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etilib, boshqaruv Kengashining oʻn toʻqqizinchi sessiyasi mobaynida Osiyo va tinch okeani uchun statistika institutining 2024-yil uchun Ish rejasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra kelgusi yilda statistika sohasida dolzarb bo‘lgan mavzular ya’ni Rasmiy statistikaning asosiy tamoyillari, Iste’mol narxlari indeksi, Gender statistikasi, Atrof-muhit o‘zgarishlari statistikasi, Katta ma’lumotlar (Big Data), Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va boshqa mavzularda o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

2_photo_2023-12-15_05-26-52

Yig‘ilish doirasida, boshqaruv Kengashi a’zolari va kuzatuvchi mamlakatlar vakillari Osiyo va TINCH OKEani uchun Statistika institutining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Strategik rejasi uchun ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, tadbir davomida OTOIIK Statistika qo‘mitasi Byurosi vakillari bilan  uchrashuvda BMT Statistika komissiyasining 54-sessiyasiga kiritilgan statistikaning asosiy tamoyillarini mamlakatlarda ko‘llanilishi, “Milliy hisoblar tizimi – 2008” va  OTOIIK Statistika qo‘mitasi Byurosining 2024-yil uchun budjetini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

3_photo_2023-12-15_05-26-52-2

Menejment seminarida statistika rahbarlari uchun  muhokama qilish, fikr va tajriba almashish uchun maydon tashkil etish orqali rahbarlarning yetakchilik va boshqaruv qobiliyatlarini mustahkamlashga qaratilgan mavzular ko‘rib chiqildi.

Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich ham ishtirok etdi.

Tadbirda Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari tajribalarini oʻrganish, shu jumladan, Yaponiya, Koreya, Malayziya, Singapur davlatlari milliy statistika idoralari rahbarlari bilan uchrashish orqali, tarmoq statistikasini takomillashtirish, zamonaviy statistika uslubiyotlari va ilgʻor tajribalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish imkoniyati yaratiladi.

4_photo_2023-12-15_09-37-12

Qatnashchilar tashkil etilgan tadbirlar davomida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgandilar hamda kelgusidagi hamkorlikni davom ettirish borasida kelishib oldilar.