Joriy yilning 1-dekabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 31.10.2023- yildagi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘RQ-874-son Qonuni mazmun-mohtyati haqida tushunchalar berilib, Jinoyat kodeksining 1251-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanganligini takidlab o'tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 473-moddasi (nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish), 478-moddasi (ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish), 1844-moddasi (jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda bo‘lish), 1892-moddasi (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish) ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligini aytib, mazkur Qonun xususida xodimlarga to‘liq ma’lumot va tushunchalar berildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi