2023-yilning 18-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Janob Yassir Abdix boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining oʻrinbosari Ziyaev Zohidjan Muratovich boshchiligidagi agentlik markaziy apparati mutaxassislari hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda kelgusida hamkorlikni mustahkamlash, Yalpi ichki mahsulot statistikasi, uy-joy koʻchmas mulk narxlari indeksi, tarmoq statistikasini shakllantirish, Oʻzbekistonning maʻlumotlarni tarqatish maxsus standartiga (МТМS) oʻtishi va texnik koʻmak masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar statistik salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan ekspertlarning texnik missiyasini tashkil etish orqali barcha dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.