2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida jami 6,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 8,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 57,3 % ni hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 34,1 % ni tashkil etgan.