Joriy yilning 22-dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi bo‘limida belgilangan jamiyatning iqtisodiy negizlari, fuqarolik jamiyati institutlari, oila, bolalar va yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida to‘xtalib, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishligi, O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanishi, O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etilishi, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘iniligi hamda u jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi, nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi, ommaviy axborot vositalari erkinligi va qonunga muvofiq ish olib borishi, senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida seminar qatnashchilariga tushunchalar berildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi