22/12/2023

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 18,8 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 107,3 % ni tashkil etdi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 39,7 ming tonna bug‘doy uni, 7,1 ming. tonna yog‘ mahsulotlari, 984,8 ming. tonna portlandsement, 617,1 ming. dona trikotaj kiyimlar, 25,9 ming tonna paxta tolasi hamda 44,1 ming tonna paxta chigiti ishlab chiqariligan.